1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Tayvan uchun “Tramp ssenariysi” muhokama qilinmoqda

Venesuela voqealari Xitoyda Tayvan bo‘yicha keskin bahslarni keltirib chiqardi.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Tayvan uchun “Tramp ssenariysi” muhokama qilinmoqda

 

AQSHning Venesuelada Nikolas Maduroga qarshi o‘tkazgan operatsiyasi Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida, xususan Veibo platformasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Mazkur mavzu qisqa vaqt ichida eng ommabop trendlar qatoriga kirib, yuz millionlab ko‘rishlar qayd etildi.

 

Bloomberg nashrining yozishicha, Weibo foydalanuvchilari AQSHning Venesueladagi harakatlarini Xitoy uchun Tayvan masalasida ehtimoliy namuna sifatida baholamoqda. Ayrim foydalanuvchilar Vashingtonning qatʼiy choralarini Pekin tomonidan Tayvanga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yondashuv sifatida ko‘rsatishmoqda.

 

Izohlarda Venesuela va Xitoy tomonidan o‘z hududi sifatida ko‘riladigan Tayvan o‘rtasida maʼlum o‘xshashliklar keltirilgan. Baʼzi foydalanuvchilar Tayvanni majburan “qaytarib olish” uchun AQSH Venesuelada qo‘llagan uslubdan foydalanish kerakligini ochiqcha ilgari surishgan.

 

“Kelajakda Tayvan bilan birlashish jarayonida ham xuddi shunday yondashuv qo‘llanishi mumkin”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri. Boshqa bir izohda esa: “Agar AQSH xalqaro huquqni eʼtiborsiz qoldirayotgan bo‘lsa, nega biz unga amal qilishimiz kerak?” degan fikr bildirilgan.

 

Shuningdek, ayrim izohlarda Tayvanga nisbatan kutilmagan harbiy operatsiya o‘tkazilishi ehtimoli haqida ham mulohazalar bildirilgan. Bunday qarashlar mualliflari AQSHning Venesueladagi harakatlarini Tayvan masalasini kuch ishlatish orqali hal etish uchun “ideal ssenariy” sifatida taʼriflamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика