1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

"Xitoy-Markaziy Osiyo" sammitida Afg‘oniston masalasi ko‘tarildi

Sian shahrida Markaziy Osiyo prezidentlari ishtirokidagi sammit o‘z ishini boshladi.

"Xitoy-Markaziy Osiyo" sammitida Afg‘oniston masalasi ko‘tarildi

 

Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda yordam berishga tayyor. Bu haqda Xitoy yetakchisi Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Xitoy-Markaziy Osiyo" sammitida maʼlum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

 

"Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga huquq-tartibot va mudofaa salohiyatini mustahkamlashga yordam berishga, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni saqlash va terrorizmga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor", — dedi Si Szinpin.

 

Shuningdek, u Xitoy Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan tiklashga ko‘maklashishda davom etishini taʼkidladi.

 

"Markaziy Osiyoning suvereniteti, xavfsizligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi saqlanishi, Markaziy Osiyo xalqi tanlagan taraqqiyot yo‘li hurmat qilinishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Sian shahrida "Xitoy-Markaziy Osiyo" sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика