1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy sanoatda global yetakchilikni mustahkamladi

Ishlab chiqarishda Xitoyning ulushi keskin oshdi.

Xitoy sanoatda global yetakchilikni mustahkamladi

 

BMTning Statistika bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda butun dunyo bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishining 29 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich bilan Xitoy nafaqat global sanoat giganti sifatida tan olingan, balki ikkinchi o‘rindagi AQShni qariyb 12 foizga ortda qoldirgan. Ma’lumot uchun, AQSh 2010-yilgacha sanoat sohasida yetakchi bo‘lib kelgan, ammo aynan o‘sha yildan boshlab bu o‘rinni Xitoyga boy bergan.

 

2023-yilda Xitoyda sanoat sektori orqali yaratilgan qo‘shilgan qiymat 4,8 trillion dollarga yetgan va bu mamlakat YaIMining 27 foizini tashkil etgan. AQShda esa bu ko‘rsatkich ancha past — bor-yo‘g‘i 10 foizdan biroz ko‘proq. Ya’ni, bugungi kunda AQSh iqtisodiyoti sanoatga eng kam bog‘liq bo‘lgan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Bu borada unga faqat Fransiya yaqinroq.

 

Xitoydan tashqari, Irlandiya, Kambodja, Janubiy Koreya, Vyetnam va Tailand kabi mamlakatlarda ham sanoat iqtisodiyotda 25 foiz yoki undan ko‘proq ulushga ega. Biroq sanoat hajmi jihatidan bu davlatlar hech qaysi tomondan Xitoyga tenglasha olmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика