Xitoyning Shanxay shahrida 1920–1930-yillarda qurilgan tarixiy bino 432 ta “robot oyoqlari” yordamida boshqa joyga ko‘chirildi. Inshootning umumiy og‘irligi 7500 tonnani tashkil qiladi.
Bino kuniga 10 metrga harakatlanib, bir necha kun ichida yangi manzilga yetkazilgan. Bu texnologik yechim orqali binoning asl shakli va butunligi saqlab qolingan. Harakatni maxsus sinxron ishlaydigan kichik robotlar amalga oshirgan.
Bino Shanxayda qurilishi rejalashtirilgan yangi metro liniyasi yo‘liga to‘g‘ri kelgani sababli ko‘chirilgan. Mahalliy hukumat bu orqali madaniy merosni saqlab qolish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishni birlashtirishga harakat qilganini bildirdi.


