1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyni birlashtirish barchamizning vazifamiz- Si Szinpin

Xitoy raisi “Bir davlat, ikki tizim” modelini targ‘ib qilishga chaqirdi.

Xitoyni birlashtirish barchamizning vazifamiz- Si Szinpin

 

Xitoy mamlakatni birlashtirishga erishishi kerak, dedi XXR raisi Si Szinpin 14-chaqiriq Butunxitoy xalq vakillari kengashi  1-sessiyasining yakuniy yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

 

“Biz “Bir davlat, ikki tizim” modelini va vatanni birlashtirishning buyuk maqsadini qatʼiy targ‘ib qilishimiz kerak. Kuchli mamlakat qurish Gonkong va Makaoning uzoq muddatli farovonligi hamda barqarorligidan ajralmasdir (Gonkong va Makao —Xitoyning maxsus maʼmuriy hududlari — tahririyat izohi). Vatanni to‘liq birlashtirishni amalga oshirish barcha xitoylik o‘g‘il-qizlarning umumiy istagi va milliy tiklanishning maʼnosidir”, — dedi Xitoy yetakchisi.

 

Pekin “Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonidagi munosabatlarni tinch yo‘l bilan rivojlantirishga intiladi va tashqi aralashuv va separatizmga qarshi turadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Maʼlumot uchun: Tayvan 1949 yilda Xitoydan mustaqil boshqarib kelinadi. Pekin orolni o‘z hududi deb biladi. Taybey esa XXR taklif qilgan “Bir davlat, ikki tizim” modelini rad etadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика