1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda 119 nafar ishchining 1,3 milliard so‘m maoshi undirib berildi

"WBM Qo‘shko‘pir Claster" MChJda ish haqi bo‘yicha qonunbuzarlik aniqlangan.

Xorazmda 119 nafar ishchining 1,3 milliard so‘m maoshi undirib berildi

Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “WBM Qo‘shko‘pir Claster” MChJda o‘tkazilgan tekshiruv davomida 119 nafar xodimga ish haqlari to‘lanmagani aniqlangan.

Inspeksiya tekshiruviga ko‘ra, korxona 2025-yilning o‘tgan davri davomida xodimlarga jami 1 milliard 310 million so‘m ish haqini to‘lamay kelgan. Ushbu summa qonuniy tartibda undirilib, ishchilarga qaytarilgan.

Korxonaga maoshlarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun qanday chora ko‘rilgani yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Davlat mehnat inspeksiyasi korxonalarga ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha ogohlantirish berib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика