Xorazmlik fermer tabiiy gazni o‘g‘irlab davlatga 3 mlrd 374 mln so‘mlik zarar yetkazdi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida joylashgan “m” fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli binoda yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 374 mln so‘m (2 mln 249 ming kubometr tabiiy gaz)ni tashkil etgan.


