1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda 417 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Xorazmda 417 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.S.” fermer xo‘jaligi rahbari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tijorat maqsadida motorli suv nasosi uskunasini tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 417 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

 

Shuningdek, Uchko‘prik tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MCHJ rahbari O.Yu. MCHJ ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulab, 286,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика