1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda xalqaro etnosport festivali start oldi

Festival doirasida 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchi ishtirok etadi.

Xorazmda xalqaro etnosport festivali start oldi

 

Xivada 7-10 sentabr kunlari xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Sportchilar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Misr, Rossiya, Belarus, Eron, Pokiston, Isroil, Hindiston, Janubiy Koreya, Kanada, Gruziya vakillari bor.

 

Bugun xalqaro festival boshlandi, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi. Unda ishtirok etayotgan sportchilar bir qator sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.

 

63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular ommaviy kurash, bahodirlar o‘yinlari, tosh ko‘tarish, kamondan otish, belbog‘li kurash, uloq-ko‘pkari va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.

 

Xususan, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi festivalda ot sporti o‘yinlari hamda kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darslarini namoyish etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика