Xorazm viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 10-noyabr kuni Yangiariq tumanidagi “Tagan” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-221 avtomobil yo‘lining 11-kilometrida yuz bergan. 37 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan 2009-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.
Jarohatlangan fuqaro shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


