Bundan tashqari, “Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari” to‘lov tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan maqsad, xorijdan O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda qulaylik yaratishdir.
Mazkur to‘lov tizimi “O‘zmilliybank” negizida tashkil etiladi.
“Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari” to‘lov tizimi bir qator apparat va dasturiy-texnik vositalarni o‘zida mujassam qilgan tizimli platforma hisoblanadi. U o‘zining ishtirokchilari, yaʼni kredit tashkilotlari uchun transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Bunda vakillik hisob varaqlari orqali xizmat ko‘rsatiladi.
Moskva shahridagi “Aziya – Invest Bank” AJ “Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari” to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekistonlik quruvchilarni Rossiyada “kosmik istiqbollar” kutayotgani hamda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


