1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yangi sug‘urta xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Yangi sug‘urta xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

 

Prezidentning  “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 23 oktyabrdagi qarori ijrosini taʼminlash hamda sug‘urta faoliyati klassifikatorini kengaytirish va shu orqali hayot sug‘urta sohasi va shaxsiy sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlari turlarini ommalashtirish, aholi va iqtisodiyotning ehtiyojlariga xizmat qiladigan sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

 

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 6-ilovasiga asosan tasdiqlangan Sug‘urta faoliyati klassifikatoriga qo‘shimcha sug‘urta klasslarini qo‘shish orqali kengaytirildi.

 

Jumladan, hayotni sug‘urta qilish sohasiga V-klass “Majburiyatlarni taʼminlash uchun hayotni sug‘urtalash”, VI-klass “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi” hamda VII-klass “Kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash” klasslari kiritilgan bo‘lsa, umumiy sug‘urta sohasiga 18-klass “Tibbiy sug‘urta” klassi kiritildi.

 

Sug‘urta klassifikatoriga kiritilgan ushbu qo‘shimchalar mamlakatimiz sug‘urta bozoridagi xizmatlar turini kengayishiga va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика