O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 257-sonli farmoniga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2026-yil boshida fuqarolar uchun ketma-ket besh kunlik dam olish ta’minlanadi. Qaror aholiga bayramni oila davrasida nishonlash va maroqli hordiq chiqarish imkonini beradi.
Farmonga ko‘ra, 31-dekabr qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. 1-yanvar — Yangi yil bayrami, 2-yanvar esa yana qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. 3-yanvar (shanba) besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
4-yanvar (yakshanba) barcha xodimlar uchun odatiy dam olish kuni sifatida belgilanib, natijada aholiga ketma-ket 5 kun davomida hordiq chiqarish imkoniyati yaratiladi.


