Avtohalokat Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasida yuz bergan. Mast holatdagi "Matiz" avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketgan va "Nexia-2" rusumli 2 ta avtotransport vositasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida "Nexia-2" haydovchilaridan biri chap oyoq boldir sohasi yopiq sinishi va chap oyoq tovon suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mast holatda avtomashina boshqargan haydovchining ham o‘ng katta boldir suyagi singan.
Shuningdek, avtomashinalarda bo‘lgan 4 nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Achinarlisi, ular orasidagi bir yoshli chaqaloq ham bo‘lgan. Qizaloqqa tramatik shok tashxisi qo‘yilgan.


