1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5-yanvardan boshlanadi

Pensiya jamg‘armasi yanvar oyi uchun pensiya to‘lovlari muddati haqida ma’lumot berdi.

Yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5-yanvardan boshlanadi

 

 

Xabarga ko‘ra, 31-dekabrdan 4-yanvargacha dam olish kunlari etib belgilanganligi sababli, bank kartalari orqali pensiya oluvchi fuqarolarga yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5-yanvar kunidan boshlab yuklanadi.

 

Ma’lum qilinishicha, “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan Pensiya jamg‘armasining 2026-yil uchun xarajatlari tasdiqlanganini inobatga olgan holda, plastik kartalar orqali amalga oshiriladigan pensiya to‘lovlari belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, pensiyani naqd shaklda oluvchi fuqarolarga to‘lovlar Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan 27-yanvargacha grafik asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali yoki fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика