O‘zbekistonga yanvar oyida 1,5 mingta elektromobil kirib keldi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida xorijdan qiymati 44,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1594 dona elektromobil import qilgan.
O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar oyida eng ko‘p 1577 ta elektromobillarni Xitoydan import qilgan. BAAdan 8 dona va boshqa davlatlar 9 dona elektromobil xarid qilingan.


