1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Mudofaa sanoatiga tegishli 21 tashkilot faoliyatiga cheklovlar joriy etildi.

Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

 

Yaponiya iqtisodiyot vazirligi Rossiyaga “kimyo quroli” bilan bog‘liq tovarlar sotishni taqiqladi. Eʼlon qilingan yangi sanksiyalar paketiga 21 tashkilot kiritilgan.

 

Xususan, “Energiya”kompaniyasi, “Etalon” nodavlat tashkiloti, “Moselektronproyekt” korxonasi va boshqalarga taqiq qo‘yilgan. Tokio bu kompaniyalarni mudofaa sanoatiga tegishli deb hisoblaydi.

 

Sanksiyalar 3 oktyabrdan kuchga kiradi. Yaponiya yangi cheklovlar haqida o‘tgan haftada eʼlon qilgandi. Bunga Ukrainaning egallab olingan hududlarida o‘tkazilayotgan “referendumlar” sabab bo‘lgan.

 

Avvalroq AQSH yana 17 nafar rossiyaliklarga nisbatan sanksiya joriy etgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика