1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yerga kuchli magnit bo‘roni yaqinlashmoqda

Magnit bo‘ronlari sog‘liq va texnika uchun xavf solishi mumkin.

Yerga kuchli magnit bo‘roni yaqinlashmoqda

 

Yer yuzida yaqin kunlarda magnit faollik sezilarli darajada kuchayishi mumkin. Phobos ob-havo markazi yetakchi mutaxassisi Mixail Leus bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 22-apreldan boshlab G1 va G2 darajadagi magnit bo‘ronlari yuzaga kelishi ehtimoli juda yuqori — taxminan 85 foiz.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat Quyoshdan Yerga qarab yo‘naltirilgan kuchli quyosh shamoli oqimi bilan bog‘liq. Aynan shu kuchli va zich zaryadlangan zarralar Yer magnit maydoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Bo‘ronlar uch kun davom etishi kutilmoqda. Bu holat ayrim odamlarda bosh og‘rig‘i, holsizlik yoki uyqu buzilishi kabi noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Texnik tizimlarda, xususan, radioaloqa va navigatsiya qurilmalarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика