1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa Ittifoqi Misrga 7,4 milliard yevro ajratadi

Mablag‘lar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Yevropa Ittifoqi Misrga 7,4 milliard yevro ajratadi

Yevropa Ittifoqi G‘azo sektori va Sudandagi mojarolar bu mamlakatda moliyaviy muammolarni yomonlashtirishi va Yevropaga migratsiya bosimini kuchaytirishi mumkinligidan xavotirlanib, Misr iqtisodiyotini mustahkamlash uchun grant va kreditlar ko‘rinishida yordam berishga tayyor, deb yozadi Britaniya gazetasi Financial Times.

 

FT yozishicha, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen tomonidan 17 mart kuni Gretsiya, Italiya va Belgiya bosh vazirlari bilan Qohiraga qo‘shma tashrifi chog‘ida Bryussel va Shimoliy Afrika mamlakatlari, jumladan, Tunis va Mavritaniya, o‘rtasida “Yevropa atrofidagi iqtisodiy beqarorlik va Afrikadan noqonuniy migratsiyaning oldini olishga” qaratilgan bir qator bitimlar imzolanadi.

 

Misr bilan rejalashtirilgan kelishuv HAMAS harakatining Isroilga hujumi va Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy javobi ortidan bir necha oy davom etgan muzokaralar natijasidir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика