1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Belarus ham yangi cheklovlar ostiga olinadi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi sababli yangi, 20-sanksiyalar paketini tayyorlash ishlarini boshladi. Bu haqda Evrokomissiyaning moliyaviy xizmatlar va jamg‘arma-investitsiya masalalari bo‘yicha komissari Mariya Luis Albukerke maʼlum qildi.

 

Shuningdek, sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berayotgan uchinchi davlatlarga qarshi ham choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda. Litva moliya vaziri Kristupas Vaytekunas va Albukerke 7 noyabr kuni bu masalani muhokama qilganlar. Vaytekunas Belarusga qarshi choralarni kuchaytirish, ularni Rossiyaga nisbatan joriy etilgan cheklovlar bilan muvofiqlashtirish zarurligini taʼkidladi.

 

Albukerke Belarusga nisbatan yangi choralarni tayyorlash jarayoni hali dastlabki bosqichda ekanini bildirgan. Unga ko‘ra, baʼzi uchinchi davlatlar sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgani bois, ular bilan ham ishlash rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yangi sanksiyalar qarorlarini imzolagan, jumladan Yevropa sanksiyalari bilan muvofiqlashtirilgan iqtisodiy cheklovlar va Rossiyaga qarshi yangi choralarga oid qarorlar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика