1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa Ittifoqi WhatsApp‘da chat nazoratini joriy qilishni rejalashtirmoqda

Bugun bu bo‘yicha qonun loyihasi muhokama qilinadi.

Yevropa Ittifoqi WhatsApp‘da chat nazoratini joriy qilishni rejalashtirmoqda

Yevropa Ittifoqi vazirlari bugun WhatsApp, iMessage va Signal kabi messenjerlardagi xabarlarni noqonuniy kontent mavjudligini tekshirish yuzasidan majburiy skanerlashni joriy qiluvchi qonun loyihasini muhokama qiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad — bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlarga qarshi kurashish.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qonun loyihasida skanerlash qanday amalga oshirilishi aniq ko‘rsatilmagan. Mutaxassislar taklif etilayotgan chora-tadbirlar amalda yozishmalarning maxfiylik shartlarini buzmasligiga shubha bildirmoqda.

 

"Bunday jinoyatlarga qarshi kurash yana xavfsiz onlayn aloqaga hujum qilish uchun bahona bo‘lib xizmat qilmoqda", — deya fikr bildirdi Potsdamdagi Hasso Plattner institutining kiberxavfsizlik professori Anya Leman.

 

Niderlandiya buni inson huquqlarining buzilishi sifatida baholab, ushbu qarorning qabul qilinishiga rozi emasligini eʼlon qilgan. Qonun loyihasiga qarshi chiqqanlar orasida Germaniya ham bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика