1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YI Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochishga tayyor

Bu haqida Yevropa Ittifoqi diplomatik departamenti rahbari Kaya Kallas maʼlum qildi.

YI Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochishga tayyor

"Suriyada “vakuum” qolmasligi kerak, u yerda Yevropa Ittifoqining mavjudligi zarur", — dedi Kaya Kallas.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Suriya bo‘yicha elchisi Mixael Onmaxt yaqinda mamlakatning yangi rahbariyati bilan “birinchi aloqalarni” o‘rnatgan.

 

Kallasning fikricha, to‘liq muloqot sharti Suriyani Rossiya harbiy bazalaridan tozalash bo‘lishi kerak. Ushbu obyektlar orqali Rossiya Afrika va “Global janubdagi” boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda. Bu esa "Yevropa xavfsizligi uchun ham tashvish uyg‘otadi", deya qo‘shimcha qildi Kallas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика