1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Yil ayoli – 2021" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Birinchi o‘rin sohibasi 20 mln pul mukofoti bilan taqdirlandi,

"Yil ayoli – 2021" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

 

Bugun poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida "Nafosat", "Gender tenglik faoli" va "Yil ayoli" milliy ko‘rik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi boshlandi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qilmoqda.

 

Tadbirda "Yil ayoli – 2021” respublika tanlovining sohibalari aniqlandi. 

Unga ko‘ra:

 

1-o‘rin Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-son Otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, Tibbiyot fanlari doktori, dosent, Nasriddinova Mahzuna Taxsinovna;

 

2-o‘rin  Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sharopova Dilfuza Qudratovna;

 

3-o‘rin Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, “Mevazor-Saodat” ishlab chiqarish kooperativi boshlig‘i Nizomova Saodat Kenjayevna deb topildi.

 

Shuningdek, birinchi o‘rin sohibasi “Aziya-Alyans bank” tomonidan 20 mln so‘mlik vaucher bilan ham taqdirlandi.

 

Ko‘rik-tanlov mutlaq g‘olibi gran-prisiga loyiq deb Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumani “Orzu” fermer xo‘jaligi raisi Saliyeva Palzada Jiyenbayevna  topildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика