1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yirik investitsiya loyihasi qiymati belgilandi. U 10 million dollardan kam bo‘lmasligi kerak

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali maʼlum qildi.

Yirik investitsiya loyihasi qiymati belgilandi. U 10 million dollardan kam bo‘lmasligi kerak

 

 

Unga ko‘ra, yirik investitsiya loyihasi deyilganda, qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentidagi investitsiya loyihasi tushuniladi.

 

Loyihani amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.

 

Loyiha doirasida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

 

Biroq yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi. Shuningdek, bozor qiymatida tanlangan yerga nisbatan past bo‘lgan yirik investitsiya loyihalari ham ko‘rib chiqilmaydi.

 

Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faqat DXM va YAIDXP orqali ariza bilan murojaat etadi.

 

DXM orqali loyiha taqdim etilganda BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

 

YAIDXP orqali murojaat etilganda esa to‘lov miqdori 243 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Ishchi organ (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) ariza va hujjatlarni 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Kamchiliklar aniqlanmasa, loyiha Hukumat komissiyasiga kiritilib, 10 ish kunida konseptual jihatdan ko‘rib chiqiladi. 

 

Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgandan so‘ng, Davlat kadastrlari palatasiga “bo‘sh turgan yer uchastkasini aniqlash” bo‘yicha so‘rov yuboriladi.

 

Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

 

Davlat kadastrlari palatasi so‘rov kelib tushgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida elektron shaklda yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlaydi hamda vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi.

 

Yirik investitsiya loyihasiga muqobil takliflar Ishchi organning rasmiy veb-saytida eʼlon berilgan kundan boshlab 60 kun davomida (60-kun soat 24:00 gacha) qabul qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 150 million dollar ajratilishi hamda farmatsevtika tarmog‘idagi loyihalar ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика