1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yirik tamaki kompaniyasi AQSHga 635 million dollar tovon puli to‘laydi

AQSH Bosh prokurori o‘rinbosari bu to‘lov Adliya vazirligi tarixidagi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni buzganlik uchun eng katta jarima bo‘lishini aytdi.

Yirik tamaki kompaniyasi AQSHga 635 million dollar tovon puli to‘laydi

 

British American Tobacco tamaki kompaniyasi Shimoliy Koreyaga sanksiyalarni buzgan holda tamaki va sigaretalar sotgani uchun AQSH hukumatiga 635 million dollar to‘laydi.

 

BAT 25 aprel kuni AQSH Adliya va Moliya vazirligi bilan to‘lov bo‘yicha kelishuv imzoladi. Kompaniya rahbari Jek Boulz BAT qoidabuzarligidan chuqur afsusda ekanini aytdi.

 

BATning Singapurdagi shoʻba korxonasi 2007-2017 yillarda Shimoliy Koreyaga sigaret yetkazib berganini tan olgan. Bunga qarshi Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurol va ballistik raketalarni ishlab chiqish uchun qattiq sanksiyalar kiritgandi.

 

British American Tobacco dunyodagi eng yirik tamaki kompaniyalaridan biridir. U U Lucky Strike, Dunhill va Pall Mall kabi sigaret brendlariga ega.

 

AQSH Bosh prokurori o‘rinbosari Metyu Olsen seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda BAT bo‘yicha kelishuv uzoq davom etgan tergov natijasi bo‘lganini va bu to‘lov Adliya vazirligi tarixidagi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni buzganlik uchun eng katta jarima bo‘lishini aytdi.

 

"BAT sanksiyalarni chetlab o‘tish va Shimoliy Koreyaga tamaki hamda tamaki mahsulotlarini sotish uchun murakkab shoʻba korxonalari zanjirini yaratdi", — dedi Olsen.

 

Ushbu biznesda ushbu firmalar 2007-2017 yillarda, Adliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan 428 million dollar daromad olgan.

 

BATdan tashqari, AQSH rasmiylari Shimoliy Koreya banki xodimi Sim Xyon Seop, amerikaliklar ushbu ishda ishtirok etganliklarini aytayotgan xitoylik Chin Guomin va Xan Linlinga nisbatan zimdan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

 

Qo‘shma Shtatlar koreyalikni qo‘lga olishda yordam berganlar uchun besh million, ikkala xitoylik uchun yarim million dollar mukofot puli eʼlon qildi.

 

Ular Shimoliy Koreya davlat tamaki zavodlari uchun bargli tamaki sotib olganlikda va AQSH banklari orqali 74 million dollarlik to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida qalbaki hujjatlar yuritganlikda ayblanmoqda. AQSH maʼlumotlariga ko‘ra, shimoliy koreyaliklar ushbu bitimlardan 700 million dollargacha daromad olishgan.

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning tamakiga ruju qo‘yganini uning ko‘pincha rasmiy suratlar va telekameralar qarshisida sigaret bilan ko‘rinish berganidan bilish mumkin.

 

O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashi orqali Shimoliy Koreyaga tamaki eksportini umumiy taqiqlashni taklif qilgan, biroq bu tashabbus Xitoy va Rossiya tomonidan rad etilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика