1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Yolg‘izlikni qanday qabul qilish kerak?

Bu bo'yicha psixoterapevt tavsiyalari orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Yolg‘izlikni qanday qabul qilish kerak?

 

Agar yaqin inson bilan ajralish sodir bo‘lgan bo‘lsa, nima qilish kerak, nega yolg‘izlik hissi bizning o‘z-o‘zimizga bo‘lgan bahomizga bog‘liq va nima uchun o‘zimizga nisbatan mehribon bo‘lish muhimligi haqida "SM-Klinika" psixoterapevti, Tatyana Potapova tushuntiradi. Lug‘atlar va entsiklopediyalar yolg‘izlikni boshqa insonlar bilan yaqin, ijobiy aloqalar yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy holat deb ta’riflaydi.

 

Hamma ham yolg‘izlikdan aziyat chekmaydi, ayrimlar undan zavq oladi.Ba’zi insonlar hech qachon yolg‘izlikni his qilishmaydi. Bular o‘ta muloqotchang, faollikka ega, boshqalarni o‘ziga tortadigan, giperaktiv shaxslar bo‘lib, ular doim va hamma joyda kim bilandir muloqot qilish imkonini topadilar.Yana, giperaktiv shaxslarga qarama-qarshi bo‘lgan, shizoid xususiyatli (buni shizofreniya bilan adashtirmaslik kerak!) insonlar ham bor, ular o‘zini yolg‘izlikda yoki bir-ikki yaqin do‘stlari bilan ham jamiyatda o'zlarini juda qulay his qiladilar. Ikkala turdagi insonlar uchun ham yolg‘izlik muammosi tushunarsiz, ular bu hissiyotni bilishmaydi. Yolg‘izlik his qilish asosan xavotirli shaxslarga xos bo‘lib, ular odatda uyatchang, o‘ziga ishonchsiz, pessimistik bo‘lishadi va boshqalarning salbiy baholaridan qo‘rqishadi.

 

Yolg‘izlikning ildizi bolalikdan boshlanadi.

 

Insonning xulq-atvori bolaligidan, avvalo, yaqin atrofdagilar, oila a’zolarining ta’siri ostida shakllanadi. Bolaligida kam mehr ko‘rgan inson o‘zini kerakmasdek his qilishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi jismoniy yoki ruhiy xususiyatlar sabab boshqalarning diskriminatsiyasi va salbiy munosabati ham bu muammoni kuchaytirishi mumkin. Ba’zan yolg‘izlik maktabda do‘stlar bilan chiqishib ketolmaslikdan yoki masxara qilinishlardan boshlanadi. Bunday bolalik tajribalari shaxsning xulqiga o‘rnashib, yolg‘izlikni odatiy va hatto azobli holga aylantiradi. Yolg‘izlik – ichki hissiyot.Odatda, insonning o‘zini yolg‘iz va kerakmas deb hisoblashi ko‘pincha haqiqatga mos kelmaydi. Atrofdagilar unga nisbatan iliq munosabatda bo‘lishadi, lekin u buni sezmaydi. Yolg‘izlik – bu ichki holat bo‘lib, odamlarning soniga bog‘liq emas. Ko‘p aloqalar bo‘lsa ham, ular insonni qoniqtirmasligi mumkin, chunki insonda boshqalar bilan va dunyo bilan ichki hissiy bog‘liqlik yo‘q.

 

Yolg‘izlikni foydaga aylantirish mumkin

 

Yolg‘izlik ba’zan hayotni qayta ko‘rib chiqishga, ijtimoiy aloqalarni o‘zgartirishga yordam beradi. Fiziologik og‘riq tananing xavfsizlik signali bo‘lganidek, yolg‘izlik ham "ijtimoiy og‘riq" bo‘lib, izolyatsiya xavfidan saqlaydi va muhim munosabatlarni rivojlantirishga undaydi. Funksional magnit-rezonans tomografiya (fMRT) yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar, rad etilish hissi paytida miyada xuddi jismoniy og‘riqdagi kabi faoliyat bo‘lishini ko‘rsatgan. Inson – ijtimoiy mavjudot, va ko‘pchilik uchun sevgi, yaqinlik va ijtimoiy aloqalar dunyodagi boshqa barcha narsalardan qimmatliroqdir. Yolg‘izlikni inson hayotining ajralmas bir qismi sifatida qabul qilish kerak. Barchamiz hayotning ma’lum bosqichlarida buni his qilamiz. Ushbu haqiqatni anglash bu hissiyotga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishga yordam beradi.

 

Yolg‘izlik bilan kurashish bo‘yicha tavsiyalar

 

1. Masalaning universal ekanligini tushuning. Yolg‘izlik hissi hayotning ma’lum davrlarida har bir inson boshdan kechirishi mumkin.

2. Yolg‘izlikni uyatli deb hisoblamang. Agar muhim odam bilan ajralgan bo‘lsangiz, avvalgidek yashashni davom ettiring, yangi his-tuyg‘ularga ochiq bo‘ling.

3. O‘z his-tuyg‘ularingizni qoralashni to‘xtating. Yolg‘izlik hissi uchun o‘zingizni ayblamang, aksincha, o‘zingizga mehr ko‘rsating.

4. Uyda mashg‘ulot toping. Kitob o‘qish, yangi taom pishirish yoki film tomosha qilish yolg‘izlikni unutishga yordam beradi.

5. Yangi narsalarni o‘rganing. Chet tillarni o‘rganish, qo‘shiq aytish yoki yangi qiziqish topish yolg‘izlikka qarshi yaxshi vosita.

6. Muhitni o‘zgartiring. Safar qiling, yangi joylarga boring, yangi odamlar bilan tanishing.

7. Odamlarga yordam bering. Boshqalarga yordam berish o‘zingizni kerakli va muhim his qilish imkonini beradi.

8. Ichki krizisdan qochmang. His-tuyg‘ularingizni o‘rganing va ularga qarshi turing. Bu jarayon o‘zingizni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

9. Mutaxassisga murojaat qiling. O‘z-o‘zingizni anglashda qiyinchilik bo‘lsa, psixoterapevt bilan maslahatlashing.

 

Bu tavsiyalar yolg‘izlikni qabul qilish va undan aziyat chekmaslikka yordam beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика