1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Yulduzli tunlar” romani yapon tilida nashr etildi

Roman O‘zbekiston–Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yillik yubileyi doirasida tarjima qilingan.

“Yulduzli tunlar” romani yapon tilida nashr etildi

 

O‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani tarjimon Xisako Yamaguchi tomonidan yapon tiliga tarjima qilindi. 

 

Roman O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yillik yubileyi doirasida hamda O‘zbek tili bayrami kuni arafasida nashr etilgan.

 

Pirimqul Qodirovning ushbu romani Yaponiyada O‘zbekiston madaniyati va tarixi haqida yapon hamjamiyatining tasavvurini yanada boyishiga xizmat qiladi, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va madaniy aloqalarni izchil rivojlantirishga hissa bo‘lib qo‘shiladi.

 

Ma’lumot uchun: “Yulduzli tunlar” asarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida so‘z boradi. P.Qodirov mazkur roman ustida o‘n yil (1969-1978) ish olib borgan. “Yulduzli tunlar”ga “Boburnoma” va “Humoyunnoma” asarlari asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика