1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Zelenskiy Putinning Rossiyadagi raqiblariga murojaat qildi

Ukraina rahbari ulardan biror narsa qilishni so‘ragan.

Zelenskiy Putinning Rossiyadagi raqiblariga murojaat qildi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik dissidentlarga murojaat qilib, ularni “vaziyatni o‘zgartirish uchun aniq biror narsa qilishga” chaqirdi.

 

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga har qanday xabar yuborish juda qiyin.

 

"Rossiya Federatsiyasiga xabar yuborish juda qiyin, Rossiyada yashovchi odamlar hech narsani eshitishni istamayapti shekilli.", - dedi Zelenskiy.

 

Ukraina rahbarining taʼkidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi bo‘lgan odamlar “oldinga harakat qilishda davom etishlari” kerak.

 

"Boshqa yo‘l yo‘q. Ukraina dushmanni mag‘lub etishi kerak. Yevropa umumiy qadriyatlar manfaati yo‘lida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi kerak, Rossiyada esa odamlar vaziyatni o‘zgartirish uchun aniq ish qilishi kerak", - deya taʼkidladi Zelenskiy.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Putinni saraton kasalligiga qiyoslab, uning qadamlari Uchinchi jahon urushiga olib kelishini taʼkidlagan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика