1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara o‘tkazishi mumkin

U Moskvani tinchlik sammitiga taklif qilishga chaqirgan.

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara o‘tkazishi mumkin

CNN nashri Ukraina rahbarining bayonotlari va qarorlarini tahlil qilib, uning muzokaralarga tayyorligi haqidagi xulosaga keldi.

 

Jurnalistlarning fikricha, Ukraina ikki tomonlama zarbaga — frontdagi qiyin vaziyat va siyosiy noaniqlikka duch kelgan. Bir tomondan, Rossiya ancha sekinroq bo‘lsa-da, hududni egallab olishda davom etmoqda. Boshqa tomondan, AQSH va Germaniyaning Ukrainaga resurslarni yetkazib berishni davom ettirishga tayyorligi haqida savollar paydo bo‘lmoqda.

 

Zelenskiy shu haftada hozirgi qo‘llab-quvvatlash darajasi Rossiya yutuqlarini ushlab turish uchun yetarli ekanligini, ammo urushda g‘alaba qozonmasligini aytdi. U Moskvani noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi tinchlik sammitiga delegatsiya yuborishni taklif qildi.

 

Shu bilan birga, Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini tobora ko‘proq ayta boshladi, shunga qaramay, uning ochiq eʼlon qilingan shartlari Ukraina va uning G‘arb ittifoqchilari chun mutlaqo nomaqbul bo‘lib qolmoqda, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика