Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning tinchlik rejasi ustidagi muzokaralar davom etayotgani, bu jarayonda AQSh va boshqa hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etayotganini ma’lum qildi.
Prezidentning ta’kidlashicha, hozirda Ukraina delegatsiyasi Amerika tomoni bilan tinchlik tashabbusining alohida bandlarini muhokama qilmoqda. Zelenskiy davlatlar tomonidan Rossiyaga nisbatan ko‘rsatilayotgan bosim, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash choralarini yuqori baholadi.
“Rossiyaga bosim o‘tkazayotgan va Ukrainani himoya qilayotgan barcha davlatlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Har bir sa’y-harakat biz uchun juda muhim. Kelgusi haftada delegatsiyamiz bilan birga men ham bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazaman. Ukraina o‘z pozitsiyasida qat’iy turadi va buni davom ettiradi”, — dedi Zelenskiy.
Shuningdek, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov delegatsiya tarkibiga kirgan holda, Zelenskiy noyabr oyining oxirigacha AQShga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.


