1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Zelenskiy va Erdog'an telefonlashdi

Turkiya tinchlikka erishish uchun hissa qo'shishga tayyor.

Zelenskiy va Erdog'an telefonlashdi

 

Ukraina va Turkiya Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Rajab Toyib  Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi. Turkiya yetakchisi tinchlikka o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq “o‘t ochishni to‘xtatish asosida”.

 

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududiga keng ko‘lamli bostirib kirganining bir yilligi fonida Ukrainadagi vaziyat, shuningdek, Turkiyadagi vayronkor zilzilalar oqibatlari haqida fikr almashgan.

 

“Turkiya Prezidenti oʻz mamlakatining tinchlik oʻrnatish va vaziyatni oʻt ochishni toʻxtatish va muloqot asosida hal etishga qoʻshgan hissasini kuchaytirishga tayyorligini maʼlum qildi”, — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика