1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Zilzila o‘chog‘ida 24 kun: Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi Turkiyadan qaytdi

Ular jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Zilzila o‘chog‘ida 24 kun: Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi Turkiyadan qaytdi

 

Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytdi. Ular jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

 

 

6 mart kuni Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytib keldi.

 

 

Toshkent xalqaro aeroportida ularni ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari, mudofaa vazirining o‘rinbosari va boshqa rasmiylar kutib oldi.

 

 

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan 8 fevral kuni jo‘nab ketgan harbiy xizmatchilaridan iborat tibbiy otryad jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan. Ulardan 1795 nafari erkaklar, 1177 nafari ayollar va 888 nafarini esa bolalar tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика