O‘zbekistonlik qutqaruvchilar yana ikki nafar shaxsni vayronalar orasidan tirik olib chiqdi.
Ayni damda Turkiyaning Hatay va Antakiya hududlarida o‘zbek qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Quvonarlisi, qutqaruvchilarimizning faolligi, tajribasi evaziga insonlar joni omon qolmoqda.
O‘zbekiston FVV xodimlari xizmat itlari yordamida 62 yoshli Samet Genco va 60 yoshli Seval Genconi qutqarib qoldi.
Ularni vayronalar orasidan chiqarib olish Meksika va Turkiya qutqaruvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.


