1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Zilzilaning 8-kuni. Qulagan binolar ostidan 6 va 12 yoshli bolalar tirik topildi

Bolalar shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda ularning salomatligi tekshirilmoqda.

Zilzilaning 8-kuni. Qulagan binolar ostidan 6 va 12 yoshli bolalar tirik topildi

 

Turkiyaning Adiyaman viloyatida sodir bo‘lgan zilziladan 178 soat o‘tib qutqaruvchilar vayron bo‘lgan uy ostidan olti yoshli Miray ismli bolani qutqarib oldi. Bu haqda  Anadolu agentligi xabar berdi.

 

Vayron bo‘lgan bino vayronalari ostida omon qolganlarni qidirish ishlari olib borilgan Alitosh turar-joy massividan xushxabar keldi: 6 yoshli Miray tirik holda topildi. 

 

Mamlakatning Hatay viloyatidagi zilziladan 182 soat o‘tib esa vayronalar ostidan 12 yoshli bola chiqarildi.

 

Antakyaning Djabrayil turar-joy massivida qulagan bino vayronalari ostidan Kaan ismli bola qutqarib olindi. Bolalar kasalxonaga yotqizilgan.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика