Afruza Hamdamovaga 100 mln pul mukofoti topshirildi
Jahon chempionini aeroportda Saida Mirziyoyeva kutib olgan.

Italiyada shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida Afruza Hamdamova g‘olib bo‘lgandi.
Bugun, 26 noyabr kuni shaxmatchi Afruza hamda delegatsiya aʼzolarini aeroportda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva kutib olib, Prezident tabrigi va sovg‘asini yetkazishdi.
Shuningdek, Yoshlar Press klubida chempion qizga 100 million so‘m, murabbiyiga esa 50 million so‘m pul mukofotlari topshirildi.







