1. Бош саҳифа
  2.  / 
  3. Жамият

3.2 миллиард сўмлик давлат харидлари натижаси Комиссия иштирокисиз баҳоланган

Бу ҳақда Коррупцияга қарши курашиш агентлиги маълум қилди.

3.2 миллиард сўмлик давлат харидлари натижаси Комиссия иштирокисиз баҳоланган

 

“Toshkent xalqa avtomobil yo‘llaridan foydalanish uchastka boshqarmasi” unitar korxonasi buyurtmachiligida 2023-yil 31-mart kuni 2 ta lot bo‘yicha o‘tkazilgan 3 mlrd 220 mln so‘mlik davlat xaridida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning bir necha talablari buzilganligi va boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi

 

Xususan, 2 ta lot bo‘yicha xaridda ishtirok etgan 2 nafardan tadbirkorlarning hujjatlari xarid komissiyasining kotibi foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.

 

Shuningdek, o‘tkazilgan ushbu davlat xaridida xarid komissiya raisi va aʼzolarining ishtirokisiz, boshqa shaxs tomonidan ularning elektron raqamli imzolari orqali xarid natijalari baholanganligi va imzolanganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Mazkur holatlar bo‘yicha 2023-yil 3-aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi hamda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga so‘rovnoma kiritildi.

 

Agentlikning taqdimnomasiga binoan “Toshkent xalqa avtomobil yo‘llaridan foydalanish uchastka boshqarmasi” unitar korxonasi tomonidan 4-aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Категориялар

Боғланиш учун

+998 (71) 207-21-28

Электрон манзил:

info@zamon.uz

Шаҳодатнома

№1346 Берилган сана: 28.05.2020

Асосчиси

ООО Master Media Production and Broadcast

Таҳририят манзили

Tошкент ш., Амир Темур шоҳ кўчаси, 53 уй

Яндекс.Метрика