«Juda kulgili va absurd qaror» Rasul Kusherbayev ijtimoiy tarmoqlarga cheklov o‘rnatilgani haqida munosabat bildirdi
Deputatning taʼkidlashicha, fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlarini muhofaza qilish bahonasi bilan internetdagi ommabop tarmoqlarni cheklashga urinishdek ko‘rinayotgan bu ish ko‘proq salbiy oqibatga olib kelishi mumkin.


Masalan, foydalanuvchilar ommaviy ravishda cheklovlarni chetlab o‘tuvchi VPN kabi dasturlardan foydalanishni boshlaydi, nazorat butkul yo‘qoladi. Bu fuqarolarni qonunbuzarga aylanishga majbur qiladi. «Tankka qarshi ketmon bilan jang qilishdek "axborot asri"dagi juda kulgili va absurd qaror», – deya qo‘shimcha qildi Rasul Kusherbayev.







