O‘zbekiston maktablariga fransuz tilidagi badiiy adabiyotlar va darsliklar taqdim etildi
O‘zbekiston maktablariga Fransiyaning “Amopa” assotsiatsiyasi tomonidan fransuz tilidagi badiiy adabiyotlar va darsliklar taqdim etildi


Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 51-sonli fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida Fransiyaning “Amopa” assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekistondagi fransuz tilida o‘qitiladigan 787 ta ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 998 nomdagi 1 470 dona badiiy adabiyotlar va darsliklar beg‘araz ajratildi. Bu haqda Xalq ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
Taqdimotda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, O‘zbekistonning Fransiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sardor Rustamboyevlar hamda “Amopa” assotsiatsiyasi vakillari ZOOM orqali ishtirok etdi.







