Ta'lim

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarni davlat oliy ta’lim muassasalarining kechki ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxatini tasdiqladi.

 

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan. Ular qatorida Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, Adliya, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Mudofaa, Energetika, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari bor.

 

Bundan tashqari, Markaziy bank, tijorat banklari, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbektelekom”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zgidroenergo” va “O‘zsuvta’minot” ham tavsiyanoma berish huquqiga ega tashkilotlar qatoriga kiritilgan.

 

Qayd etilishicha, ushbu tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega abituriyentlar davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

 

Ma’lumot o‘rnida, 17-iyul kuni Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlarini tasdiqlagan. Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qabul kvotalari, davlat grantlari hamda maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ham belgilangan.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.