Ta'lim

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikat orqali oliy ta’limga kirayotgan abituriyentlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Shu sababli milliy sertifikatdagi maksimal ball berish tizimi va abituriyentlarning natijalarda bir nuqtada to‘planib qolishi masalalari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda 18-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlarining yakuniy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida xabar berildi.

 

Oliy ta’lim vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, milliy sertifikat imtihonlari oliy ta’limga kirish test sinovlaridan ayrim jihatlari bilan farq qiladi. Kirish testlarida asosan yopiq turdagi savollardan foydalanilsa, milliy sertifikat imtihonlarida ochiq savollar ham mavjud.

 

Qayd etilishicha, milliy sertifikat natijalarini hisoblashda Rash modeli qo‘llanadi. Bu tizimda faqat to‘g‘ri javoblar soni emas, balki test topshiriqlarining xususiyatlari va boshqa statistik ko‘rsatkichlar ham hisobga olinadi.

 

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, milliy sertifikat oluvchilar sonining ko‘payishi ijobiy holat sifatida baholanmoqda. O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, bitiruvchilar so‘nggi yillarda milliy sertifikatni bosqichma-bosqich olish imkoniyatidan faolroq foydalanmoqda.

 

Milliy sertifikatning afzalliklaridan biri sifatida ochiq savollarning mavjudligi ham qayd etildi. Mutaxassisga ko‘ra, oddiy testlarda javobni tasodifiy belgilash orqali ham ma’lum miqdorda ball olish ehtimoli mavjud. Milliy sertifikatdagi ochiq savollar esa bunday holatlarni kamaytiradi.

 

Shu bilan birga, milliy sertifikatdan foydalanayotgan abituriyentlar sonining ortib borishi amaldagi baholash mexanizmlarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

 

Hozirda Oliy ta’lim vazirligi mutaxassislari va Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda maksimal ball berish tizimining amaldagi mexanizmi, shuningdek, abituriyentlarning natijalari ma’lum bir ball oralig‘ida haddan tashqari to‘planib qolishi kabi masalalar o‘rganilmoqda.

 

Vazirlik vakili kelgusida milliy sertifikat orqali oliy ta’limga kirayotganlar soni kirish test sinovlarida qatnashayotgan abituriyentlar sonidan ham oshib ketishi mumkinligini qayd etdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tendensiyani oldindan hisobga olgan holda baholash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu borada yangi taklif va o‘zgarishlar ishlab chiqilsa, ular ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"