Ta'lim

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 ming nafardan ortiq 11-sinf o‘quvchisi ingliz tili bo‘yicha B1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, loyiha 2025-yil dekabr oyidan boshlab poytaxtdagi barcha umumta’lim maktablarida yo‘lga qo‘yilgan. “Toshkent tajribasi” sifatida amalga oshirilgan loyiha doirasida 40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirilgan.

 

Dastlab o‘quvchilarning til bilish darajasini aniqlash maqsadida MOCK imtihonlari o‘tkazilgan. Natijalarga ko‘ra, ular bilim darajasiga qarab guruhlarga ajratilib, xorijiy mutaxassislar ishtirokida bepul mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

 

Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda o‘quvchilar xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat sinovlaridan o‘tkazilgan. Natijada Toshkent shahridagi 10 106 nafar 11-sinf o‘quvchisi ingliz tili bo‘yicha B1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan.

 

Vazirning ta’kidlashicha, 2025-yil dekabr oyida xorijiy til sertifikatiga ega o‘quvchilar soni 2 970 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 17 515 nafarga yetgan.

 

Bundan tashqari, 2025–2026-o‘quv yili davomida respublika bo‘ylab 1 518 nafar xorijiy til mutaxassisi jalb etilgan. Yangi o‘quv yilidan boshlab ularning sonini 2 ming nafardan oshirish rejalashtirilgan.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni 125 ming 354 nafarni tashkil etmoqda. 

 

Shuningdek, barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega qariyb 13 ming nafar abituriyent kirish test sinovlaridan ozod qilingan.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.