Ertaga - shanba, barcha uchun ish kuni.
Prezidentning 10-maydagi PF-6222-sonli Farmoniga binoan, ertaga - 17-iyul, shanba kuni O‘zbekistondagi barcha xodimlar uchun ish kuni.

Bunda ish haftasining davomiyligi ahamiyatga ega emas.
Aniqroq aytganda haftasiga 5 kunlik ish rejimida ishlaydiganlar ham ertaga ishga chiqishi kerak. Buning evaziga ular 21 iyul, chorshanba kuni dam olishadi.







