Eng dolzarb

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

 

Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

 

The Indian Express xabar qilishicha, Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida kuchli shamol va jala bilan kuzatilgan bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lgan, 72 kishi jarohat olgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat shtatning 26 ta tumaniga zarar yetkazgan. Bo‘ron oqibatida 170 bosh chorva nobud bo‘lgan, 227 ta uy zarar ko‘rgan.

 

Eng ko‘p qurbon Prayagraj tumanida qayd etilgan bo‘lib, u yerda 21 kishi halok bo‘lgan. Mirzapurda 19, Bhadohida 16, Fatehpurda 11 kishi vafot etgan.

 

Rasmiylarning bildirishicha, o‘lim va jarohatlarning aksariyati daraxtlarning qulashi, devor va tomlarning bosib qolishi, shuningdek kuchli shamol uchirib ketgan buyumlar sabab yuz bergan.

 

Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanath barcha tuman ma’muriyatlariga zararlarni zudlik bilan baholash va jabrlangan oilalarga 24 soat ichida kompensatsiya yetkazishni topshirgan. Halok bo‘lganlarning yaqinlariga 400 ming rupiy miqdorida moliyaviy yordam berilishi belgilangan.

 

Shuningdek, hosil yo‘qotishlari, chorva nobud bo‘lishi va boshqa zararlar uchun ham kompensatsiya to‘lash jarayonini tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

 

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissar idorasi vaziyatni tun-u kun nazorat qilmoqda. Hududiy ma’muriyatlar har uch soatda vaziyat bo‘yicha hisobot topshirishi kerak. Rasmiylar qurbonlar soni yana oshishi mumkinligini bildirmoqda.

 

Bhadohi tumanidagi Rampur hududida bo‘ron Ganga daryosi ustidagi ponton ko‘prikka zarar yetkazgan. Oqibatda bir necha kishi daryoga tushib ketgan, biroq ularning barchasi qutqarilgan.

 

Mirzapurdagi Gaura Pramanpur hududida ham ponton ko‘prik shikastlangan va 20 ta qishloq bilan aloqa uzilgan.

 

Fatehpur tumanida 11 kishi halok bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan. Pratapgarh hududida esa devor va sement tomlarning qulashi hamda chaqmoq urishi oqibatida to‘rt kishi vafot etgan.

 

Kanpur Dehat tumanida 19 yoshli qiz kuchli yomg‘ir vaqtida daraxt ostida turganida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgan.

 

Hindiston meteorologiya xizmati mutaxassisi Atul Kumar Singhning aytishicha, bunday bo‘ronlar mavsumiy holat hisoblanadi, biroq bu safargi shamol kuchi noodatiy darajada yuqori bo‘lgan.

 

Meteorologlar ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 100 kilometrdan oshganini, ko‘plab joylarda esa 60–70 kilometr tezlikdagi kuchli shamol kuzatilganini ma’lum qildi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"