Eng dolzarb

Bugun Saudiya Arabistonida haj safari boshlanadi

Ziyorat koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qatʼiy cheklovlar bilan amalga oshadi.

Bugun Saudiya Arabistonida haj safari boshlanadi

 

Ketma-ket ikki yildan beri pandemiya tufayli haj ziyoratida boshqa davlat fuqarolari ishtirok eta olmayapti.

 

Haj va umra bo‘yicha vazirlik farmoniga ko‘ra, tadbirlarda qirollikning 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan va mamlakatda maʼqullangan vaksinani qabul qilgan 60 ming fuqarosi qatnashadi.

 

Bu yil ziyoratchilar soni o‘tgan yilgidan ko‘proq. O‘tgan yili 10 ming kishi haj ziyoratini amalga oshirgan edi. Pandemiyadan oldin butun dunyodan millionlab musulmonlar ziyoratga kelar edi.

 

Qirollik hukumati koronavirusga qarshi yangi choralar tufayli 2020 yilgidek zararlanishning yangi o‘chog‘i hosil bo‘lmasligiga umid qilmoqda.

 

Odatiy sanitar qoidalardan tashqari bu yil ziyoratchilarga mehmonxonaga borish, avtobuslardan foydalanish, ovqat buyurtirish va diniy marosim obyektlariga kirishi uchun smart-kartalar tarqatildi.

 

Bundan tashqari, Masjidul Haramga kiraverishda o‘rnatilgan robotlar ularga zamzam suvlari solingan idishlarni tarqatadi.

 

Asosiy cheklov Kaʼbani tavof qilish bilan bog‘liq bo‘ladi: o‘tgan yilgidek, ziyoratchilarga toshga tegish taʼqiqlab qo‘yildi.

 

Saudiya Arabistonida zayoratchilar uchun 2,5 mingta avtobus ajratildi va ularga shaxsiy avtomobildan foydalanish taʼqiqlab qo‘yildi. Xabar qilinishicha, chorshanba kunidan boshlab zayoratchilar maxsus mehmonxonalarga joylashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Bugun Saudiya Arabistonida haj safari boshlanadi | Zamon.uz