ZF-UZ-VAC 2001 O‘zbek-Xitoy vaksinasiga ishonsa bo‘ladimi?
Sir emas, nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda emlanish jarayonlariga shubha bilan qarash davom etmoqda.

Kimdir vaksina o‘limga sabab bo‘ladi desa, yana kimdir emlanish kasallanishga olib kelishini aytmoqda. Ayrim kishilar esa bu ishlarning barchasi bepushtlikni kuchaytirishga qaratilgan degan fikrda.
16 iyul kuni mamlakatimizda 501 nafar kishida COVID-19 aniqlandi. Raqamlar tendensiyani yaqqol namoyon etmoqda. Endi tasavvur qiling, mana shu 500 kishi yana qancha insonni zararlab ulgurdi ekan. O‘rtacha hisobda ularning har biri eng kamida ikki kishini zararlagan deb tasavvur qilsak jami yana 1 000 kishida tez orada kasallik aniqlanadi. Jarayonni to‘xtatishning yagona usuli vaksinatsiya. Hozirgacha O‘zbekistonda CoviShield, AstraZeneca, Sputnik V, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinalari qo‘llanilyapti. Ular orasida ZF-UZ-VAC 2001 O‘zbek-Xitoy vaksinasiga aksariyat kishilar ishonchsiz qarashayotgani ham bor gap. Xo‘sh, u qanchalar samarali? Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi, Sevara Ubaydullayeva shu boradagi savolimizga javob berdi.







