Jahon

Nima uchun Tolibon Afg‘oniston chegaralarini o‘z nazoratiga olmoqda?

So‘nggi oylarda AQSH va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketishi ortidan Tolibon harbiy harakatlari yana-da faollashdi.

Nima uchun Tolibon Afg‘oniston chegaralarini o‘z nazoratiga olmoqda?

 

 

Harakat xozirda mamlakatning 70 foizdan ortig‘ini nazorat qilmoqda, Afg‘onistondagi tumanlarning yarmidan ko‘pi Tolibon qo‘l ostida. Shu bilan birga Tolibon Afg‘onistonning qo‘shni davlatlar bilan chegaralarining 90 foizini ham o‘z nazoratiga oldi. 22 iyul kuni harakat rasmiy vakili Zabiullo Mujohid bu haqda maʼlum qildi. Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston va Eron bilan chegara to‘liq Tolibon tomonidan nazorat qilinmoqda. Badaxshondan Toxargacha hamda Qandahorgacha bo‘lgan Tojikiston bilan chegaralar ham Tolibon tomonidan egallangan. Faqatgina Pokiston bilan chegaraning ayrim nuqtalari va O‘zbekiston bilan chegaradagi Xayraton punkti hamon Kobul nazoratida qolgan.

 

Tolibon strategiyasiga eʼtibor berilsa, uning harbiy qismlari yirik shaharlarga hujumdan saqlanib, asosiy eʼtiborni qishloq tumanlari va chegaralarga bermoqda. Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Tolibonning bundan ko‘zlagan maqsadi nima?

 

Eng avvalo, Tolibon harakati aʼzolari ijtimoiy tarkibiga eʼtibor berish lozim. Xarakat asosini madrasa talabalari tashkil etgan bo‘lsa-da, bu talabalarning aksariyati qishloq joylaridan chiqqan, kambag‘al oila vakillaridir. Demak, Tolibonni asosan qishloq aholisi qo‘llab-quvvatlaydi. Yirik shaharlarda aholi markaziy hukumatni qo‘llab-quvvatlaydi va aynan shu aholi qatlami hukumatning asosiy tayanchidir. Shu sababli Tolibon eng avvalo qishloq tumanlari va yirik shaharlar atroflarini nazoratga olmoqda. Bundan tashqari bu strategiya Tolibonga oziq-ovqat va qishloq ho‘jaligini nazoratga olishiga yordam beradi. Tolibon yirik shaharlarda yetarlicha ko‘llab-quvvatlovga ega emas. Bundan tashqari agar ular yirik shaharlarni nazoratga oladigan bo‘lishsa, u yerda ko‘plab muammolarni hal qilishi lozim bo‘ladi, bunga esa Tolibonda yetarli mablag‘ va vositalar mavjud emas.

 

AQSH Qurolli Kuchlari Birlashgan Shtabi boshlig‘i Mark Millining fikricha, Afg‘oniston hukumati kuchlari kichik tumanlardan va chegaradan chekinib, ko‘shinlarni yirik shaharlarda to‘plamoqda. Bunday sharoitda Tolibonning shaharlarga hujum qilishi janglarning cho‘zilib ketishiga olib keladi.

 

Chegara masalasida Tolibon boshqacha maqsadni ko‘zlamoqda. Eng avvalo, chegaralarni nazorat qilish orqali Afg‘onistonga qo‘shni davlatlardan ehtimoliy xujumlarning oldi olinadi (lekin buning ehtimoli juda kam). Ikkinchidan, Tolibon ham Afg‘onistonning qulay tranzit davlati ekanligini yaxshi anglaydi. Mintaqaning yirik davlatlari, eng avvalo O‘zbekiston tashabbusi bilan qurilish arafasida turgan Termiz-Mozori Sharif-Kobul- Peshovar temiryo‘li Afg‘onistonning tranzit imkoniyatlarini yana-da kengaytiradi, kelajakda Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prikka aylanadi. Tolibon chegaralarni o‘z nazoratiga olib Afg‘onistonning asosiy iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanishi va mamlakatdagi yirik moliyaviy-iqtisodiy manbalarga ega bo‘lishi mumkin.

 

Tolibonning Afg‘oniston chegaralarida, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaralarda nazorat o‘rnatishi nafaqat butun mintaqada aks-sado bermoqda. Jumladan, avgust oyida chegaralardagi ehtimoliy xavflarning oldini olish maqsadida Tojikistonda O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Shu kunga qadar mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Rossiyadan BMP-2M zirhli mashinalari  yetkazildi shuningdek, 22 iyul kuni Tojikistonda 230 ming kishi ishtirok etgan harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bularning bari qo‘shni mamlakatlarning Afg‘oniston chegaralaridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganidan va jiddiy xavotirlar mavjud ekanligidan dalolat beradi.

custom img

KDRda qayiq ag‘darilib ketdi: 41 kishi halok bo‘ldi

So‘nggi yillarda mamlakatda suv transporti bilan bog‘liq halokatlarda yuzlab odamlar halok bo‘lgan.

custom img

Fransiya Saudiya Arabistoniga neft portini himoya qilish uchun qo‘shin yuboradi — Makron

Yanbu portiga harbiy xizmatchilar bilan birga radarlar va mudofaa tizimlari ham joylashtiriladi.

custom img

Ukrainaga 6,6 milliard yevro ajratiladi: YI shartlarni kelishib oldi

Yevropa Tinchlik jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘ uch yo‘nalishda taqsimlanadi.

custom img

Robotlar real hayotga tayyorlanmoqda: Xitoyda 70 dan ortiq AI mashg‘ulot markazi ishga tushdi

Ular real muhitda fazoda mo‘ljal olish, buyumlarni ushlash va kundalik vazifalarni bajarishni minglab takroriy mashqlar orqali o‘rganmoqda.

custom img

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 5 nafar mansabdor ushlandi

Yana gumonlanuvchilarni aniqlash bo‘yicha ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Eron reyslarini to‘xtatgan davlatlar aeroportlari ham ishlamasligi mumkin — Mohsen Rizoiy

Eron Oliy Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi AQSh sanksiyalari doirasida Eron reyslarini to‘xtatgan qo‘shni davlatlarni javob choralaridan ogohlantirdi.

custom img

Kaspiydagi fojia: bedarak yo‘qolgan ikki harbiyning jasadi topildi

17 harbiy xizmatchi bilan yuz bergan fojia ortidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

custom img

Netanyaxuning BMTdagi nutqiga norozilik: delegatsiyalar zalni tark etdi

Isroil bosh vaziri chiqib ketmaganlarni ham zalni tark etishga chaqirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"