Jahon

Ukrainaga 6,6 milliard yevro ajratiladi: YI shartlarni kelishib oldi

Yevropa Tinchlik jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘ uch yo‘nalishda taqsimlanadi.

Ukrainaga 6,6 milliard yevro ajratiladi: YI shartlarni kelishib oldi

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Ukrainaga Yevropa Tinchlik jamg‘armasidan 6,6 milliard yevro ajratish shartlari bo‘yicha kelishib oldi. Mablag‘lar harbiy yordam va tegishli xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

 

Bu haqda YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

 

Kelishuvga ko‘ra, 900 million yevro Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha YI missiyasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Yana 1 milliard yevro yangi qo‘shma uskunalar xaridiga sarflanadi.

 

Qolgan 4,7 milliard yevro esa YIga a’zo davlatlarning xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Kallasning bildirishicha, ayrim davlatlar o‘z ulushini Ukraina ehtiyojlariga yo‘naltirishini ma’lum qilgan.

 

Kallas bu qarorni Ukraina uchun yaxshi, Rossiya uchun esa yomon yangilik deb atagan. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning gibrid hujumlari Yevropani Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kamaytirishga undashga qaratilgan, biroq Yevropa buning aksini qilmoqda.

 

Avvalroq YI rasmiylari Yevropa Tinchlik jamg‘armasida bloklangan 6,6 milliard yevroni qanday yo‘naltirish masalasini muhokama qilayotganini bildirgan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.