Endi magistratura va ijodiy imtihonlarni jonli efirda kuzatish mumkin
Imtihonlarni o‘tkazish jarayonini yana-da shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish yo‘lga qo‘yildi.

imtihon.edu.uz platformasi orqali quyidagi imtihonlar uzatib boriladi:
— bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish uchun test va ijodiy (kasbiy) imtihonlar;
— magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga qabul imtihonlari.







