Imtihonlar o‘tadigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha maʼlumotlar eʼlon qilindi
Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
-
Stadion yoki xiyobonning rasmi;
-
Hududga kirish joylari;
-
Stadion yoki xiyobon nomi;
-
Stadion yoki xiyobon manzili;
-
Sektor raqami;
-
Test topshiradigan guruhlar;
-
Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.







