Bu yil abituriyentlar soni o‘tgan yilgidan 535 mingtaga kam
2020-yilda 1 484 085 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi.

DTM bu yil abituriyentlar soni 1,6 millionga yaqin bo‘lishini taxmin qilayotgandi . Biroq amalda hujjat topshirganlar 1 millionga yetmadi: 948 211 kishi bakalavriatda o‘qimoqchi.
948 211 – bu yakuniy raqam. To‘lov qilmagan, ta’lim yo‘nalishini tanlamagan va hali maktabni tamomlamagani aniqlangan abituriyentlar bu statistikaga kiritilmagan.







